AsosiyJamiyat

Prezident: “Cotton Campaign” O`zbekistonni “qora ro`yxati”dan chiqargani biz uchun juda katta imkoniyat"

'Prezident: “Cotton Campaign” O`zbekistonni “qora ro`yxati”dan chiqargani biz uchun juda katta imkoniyat"'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishi ayni paytda davom etmoqda.

Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi

“So`nggi besh yilda qishloq xo`jaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, “Cotton Campaign” kuni-kecha O`zbekistonni “qora ro`yxati”dan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.

Buning hisobiga iste`mol mahsulotlarining xom-ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo`shimcha 1,5 mlrd dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo`ladi”, dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, xom-ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:

- eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;

- loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona to`lovlari ta`minoti talab etilmaydi;

-  ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;

- olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar