Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov 10 mart kuni Toshkentda bo`lib o`tgan Agentlik faoliyatiga bag`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qildi. Tekshirishlar davomida Firdavs Abduxoliqov tomonidan davlat mablag`lari o`zlashtirilmagani tasdiqlangan.
“Men bir narsaga aniqlik kiritmoqchiman. Kinematografiya agentligi masalasida “Nima uchun ma`muriy javobgarlik, kichkina pul bilan jinoiy javobgarlik? Qamalganlar ham bo`lgan”, deb ko`plab muhokamalar bo`ldi. Bir narsani aytish kerakki, bu erda davlat mablag`lari noqonuniy o`zlashtirilgan yoki davlat mablag`ining kimningdir kissasiga ketgan holati yo`q. Bu erda xaridlarni amalga oshirishda, ya`ni tanlovni e`lon qilishda manfaatlar to`qnashuvi borligi to`g`risida xabar qilmaganligi haqida gap ketyapti. Ajratilgan pullar qonuniy ishlatilgan. Ya`ni u pullarni noqonuniy sarflash holati bo`lmagan. Berilgan buyurtma asosida material tayyorlab berilgan. Pullar to`g`ri sarflangan. Gap shu haqda ketyapti. Bu erda aynan manfaatlar to`qnashuvi borligi to`g`risida o`zini chetlashtirmagani holati bo`yicha ma`muriy javobgarlik berilgan. Ya`ni shuncha pulni kimdir eb yuborib, davlat byudjeti talan-toroj qilingani holati emas. Shuni e`tiborga olishingizni so`rab qolar edik. Prokuratura idoralari tomonidan o`rganilganda, bu mablag`lar talan-toroj qilinmagani, agarda talon-toroj qilinganida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilar edi”, – deydi A.Burhonov (Burhonovning fikrlari tahrirsiz berilmoqda).






