Joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelish xavfi e`lon qilindi. Bu haqda "O`zgidromet" shoshilinch xabar e`lon qildi. Unga ko`ra:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent tumanlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Ulug`nor tumanlarida sel kelish xavfi e`lon qilindi.
"Tog` oldi va tog`li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`risharini so`raymiz", - deyiladi xabarda.






