AsosiyJamiyat

Alimentdan qarzi borlarga mashina haydash va uylanish taqiqlanishi mumkin

'Alimentdan qarzi borlarga mashina haydash va uylanish taqiqlanishi mumkin'ning rasmi

"Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident farmoniga muvofiq Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga uch oy muddatda aliment to`lovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Bu haqda Jurnalist uyushmasi rahbari Olimjon O`sarov xabar berdi.

Ta`kidlanishicha,  qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

a) aliment bo`yicha qarzdorlik mavjud bo`lganda qarzdorlik to`liq bartaraf etilguniga qadar:

  qarzdorning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;

  qarzdorga lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo`lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko`rsatmaslik;

b) aliment bo`yicha qarzdorlik mavjudligini nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilash.

 

    Boshqa yangiliklar