Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosarlari tayinlandi.
Sodiqjon Turdiev mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosari edi.
Abdulla Tursunov mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Muxtar Muxitdinov mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Toshkent shahar hokimining o`rinbosari edi.






