AsosiyDunyo

Rossiya - Ukraina muzokaralarining uchinchi raundi yakunlandi

'Rossiya - Ukraina muzokaralarining uchinchi raundi yakunlandi'ning rasmi

Rossiya va Ukraina o`rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi yakunlandi. Bu haqda "Interfaks" ma`lum qildi

Qayd etilishicha, muhokama yopiq eshiklar ortida, uch soatdan ortiq vaqt davomida davom etgan.  Uchrashuv davomida tomonlar bir marotaba tanaffusga chiqqan. 

“Gumanitar koridorlarning logistikasini yaxshilashda ijobiy siljish bor", - deydi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak.

Uning ta`kidlashicha, intensiv maslahatlashuvlar davom etmoqda. 

"O`t ochishni to`xtatish va xavfsizlik kafolatlari bilan bir qatorda tartibga solishning asosiy siyosiy bloki bo`yicha intensiv maslahatlashuvlar davom etdi", dedi Podolyak.

    Boshqa yangiliklar