AsosiyJamiyat

2021 yilda 63 ta davlatdan farmasevtika mahsulotlari import qilingan

'2021 yilda 63 ta davlatdan farmasevtika mahsulotlari import qilingan'ning rasmi

 

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda O`zbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan farmasevtika mahsulotlari import qilingan.

 Farmasevtika mahsulotlari importi hajmi 2020 yil bilan solishtirilganda 437 mln. AQSh dollariga oshgan.

 2021 yilda O`zbekiston eng ko`p farmasevtika mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

  •  Hindiston – 300,8 mln
  •  Xitoy – 290,6 mln
  •  Rossiya – 145 mln
  •  Ukraina – 86 mln
  • Germaniya – 78 mln
  •  Vengriya – 74 mln
  •  Latviya – 68,5 mln
  •  Turkiya – 66 mln AQSh dollari

 

    Boshqa yangiliklar