O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi 8-11 martga ob-havo ma`lumotini berdi.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq, 9 martda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 10-15° iliq, 10 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 11 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 8 va 11 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 9-10 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 9 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 10 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 11 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Faqat 10 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 10 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq, 11 martda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Faqat 10 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 10 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 11 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Faqat 10 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 martda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 10 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 11 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, faqat 10 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 martda 3°sovuq-2° iliq, 11 martda 0-5° iliq, kunduzi 8 martda 0-5° iliq bo`ladi, 9-11 martda 7-12° iliqgacha ko`tariladi.






