AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Qozog`iston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

'Abdulaziz Komilov Qozog`iston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

2022 yilning 3 mart kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv energetikasi, madaniy-gumanitar sohalardagi O`zbekiston — Qozog`iston ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida va to`liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Bo`lajak tadbirlar, jumladan, ikki davlat o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligini nishonlash (1992 yil 23 noyabr) doirasida o`tkaziladigan tadbirlar jadvali ko`rib chiqildi.

Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Ma`lumot uchun, Qozog`iston Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo`yicha Qo`shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi mintaqaviy hamkorlik» oliy darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga keldi.

    Boshqa yangiliklar