Germaniyaning BMW avtomobil ishlab chiqaruvchisi Kaliningraddagi Avtotor zavodida avtomobillar ishlab chiqarishni to`xtatmoqda. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kompaniya nafaqat ishlab chiqarishni to`xtatadi, shu bilan birgalikda mamlakatga avtomobil etkazib berishni ham bekor qiladi.
"Mavjud geosiyosiy vaziyat tufayli BMW guruhi Rossiya bozoriga etkazib berishni, shuningdek, mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishni to`xtatmoqda. Vaziyatning rivojlanishidan kelib chiqqan holda keyingi qarorlar qabul qilinadi", - deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, kompaniya hozirda ehtiyot qismlarni cheklangan etkazib berish sharoitida mijozlar oldidagi kafolat majburiyatlarini to`liq bajarishga imkon beradigan echimlar ustida ishlayotganini ta`kidladi.
“Shuningdek, biz mijozlarimiz avtomobillariga BMW Group'ning barcha standartlariga muvofiq xizmat ko`rsatishni davom ettiramiz”, — deyiladi kompaniya bergan xabarda.
Shu hafta Rossiyada Kamaz bilan qo`shma korxonaga ega bo`lgan Germaniyaning Daimler Truck kompaniyasi iste`foga chiqishini e`lon qildi. Germaniyaning Handelsblatt gazetasi kompaniya vakillariga tayanib ta`kidlaganidek, deyarli o`n ikki yillik hamkorlikni to`xtatish qarori Ukrainadagi vaziyat bilan bog`liq.






