AsosiyJamiyat

SSV Navoiyda eskalatordan tushib ketgan bolaning sog`lig`i bo`yicha ma`lumot berdi

'SSV Navoiyda eskalatordan tushib ketgan bolaning sog`lig`i bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Shu yilning 18 fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan “Yangi hayot” savdo majmuasidagi eskalatordan muvozanatni yo`qotib, pastga qulab tushgan bobo va uning nabirasi haqida xabar bergan edik.

Mazkur baxtsiz hodisa tufayli 1969 yilda tug`ilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan bo`lsa, uning 3 yoshli nabirasi A.T. og`ir ahvolda viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan edi.

Sog`liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, joriy yil 23 fevral holatiga ko`ra, bemorning umumiy holati dinamikada yaxshilanib bormoqda. Ayni paytda viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tajribali shifokorlari tomonidan standart bo`yicha muolajalar davom ettirilyapti.

Shuningdek, bolaning ahvoli Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan kunlik nazorat qilib borilmoqda.  

Bemor yaqin kunlarda reanimasiyadan bolalar bo`limiga o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar