Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasiga jo`nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Ahamiyatlisi shundaki, bortida Prezident Shavkat Mirziyoev bo`lgan samolyot parvozi Toshkentdan Mo`ynoqqa to`g`ridan-to`g`ri amalga oshirildi
Darakchi.uz jurnalistining xabar berishicha, Prezident Qoraqalpog`iston mas`ullaridan maktablardagi 1-4 sinflarga tushlik yo`lga qo`yilgan-qo`yilmaganini so`radi.
Bunga javoban Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariev: "Tushlik tarqatilyapti. Hammaga ma`qul kelyapti. Hatto, ba`zi o`quvchilar uylariga ham olib ketayotgan ekan", - dedi.
"Mayli, uylariga olib borishsin. Sal boy bo`lsak, uyidagilarga ham qilib beramiz", - dedi Shavkat Mirziyoev.
Shuningdek, davlat rahbari:
"Shunday davom etaversak, kelajakda tushlikni 5-6-7 sinflarga, keyin 10-11 sinflarga ham tashkil qilamiz", - deya qo`shimcha qildi.






