AsosiyJamiyat

Haftada 2 marta Toshkent-Mo`ynoq, Mo`ynoq-Nukus parvozlari amalga oshiriladi — Prezident topshirig`i

'Haftada 2 marta Toshkent-Mo`ynoq, Mo`ynoq-Nukus parvozlari amalga oshiriladi — Prezident topshirig`i'ning rasmi

Avval xabar berganimidek, bugun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasiga jo`nab ketdi. Ayni paytda davlat rahbari mo`ynoqliklar bilan suhbat qilmoqda. 

“Hozir topshiriq berdim, haftada 2 marta Toshkent-Mo`ynoq, Mo`ynoq-Nukus parvozlari amalga oshiriladi” – dedi prezident mo`ynoqliklar bilan uchrashuv chog`ida, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxibiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Ma`lumot uchun, Mo`ynoq tumani Qoraqalpog`istonning eng chekka Orolbo`yi tumanlaridan biri bo`lib, shunday bo`lishiga qaramasdan, mazkur tumanga so`nggi yillarda katta kuch va mablag`lar safarbar etilgan.  

Bir paytlar hayot qaynagan, aholisi baliqchilik bilan shug`ullangan port tumanda Orolning qurishi natijasida hayot kechirish og`irlashib borgan. Ko`pchilik boshqa hududlarga ko`chib ketgan. Ammo qaratilayotgan  e`tibor sababli uning kelajagiga ishonib, Mo`ynoqdan qo`shni davlatlarga ko`chib ketganlar qaytib kelishmoqda. Mo`ynoq aholisi ortib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar