AsosiyJamiyat

Yurak xurujiga chalingan fuqaro Novosibirskdan qaytarildi — Tashqi mehnat migrasiyasi

'Yurak xurujiga chalingan fuqaro Novosibirskdan qaytarildi — Tashqi mehnat migrasiyasi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasiga farg`onlik R.M. salomatligi yomonlashib, O`zbekistonga qaytishda yordam so`rab murojaat qilgan.

Agentlikning ma`lum qilishicha, mazkur murojaat o`rganilganda, R.M. 2021 yilning noyabr oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasiga borgani, patent rasmiylashtirgani, 2022 yilning boshida salomatligi yomonlashib, tez tibbiy yordamda Tomsk shahar shifoxonasiga olib borilgani, shifoxonada yurak xurujiga chalingani ma`lum bo`lgan.

Shundan so`ng, R.M. ishga yaroqsiz va moliyaviy murakkab ahvolda qolgani aytiladi.

"Fuqaro R.M. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Vatanga qaytarildi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar