Bugun, 1 fevral kuni soat 06:23da Farg`ona viloyati, Bo`ston ko`chasida joylashgan Quva savdo kompleksida yong`in chiqdi.
FVV xabariga ko`ra, tahminan 25 ta kiyim-kechak do`konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.
Yongin o`chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27da etib borib, yong`in 07:10da qurshab olinib, 07:37da o`chirilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
"Hozirda yong`in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.






