AsosiyJinoyat

Buxoroda 31 yoshli fuqaro 21 yoshli yigitni urib o`ldirib qo`ydi

'Buxoroda 31 yoshli fuqaro 21 yoshli yigitni urib o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

2022-yil 28-yanvar kuni soat taxminan 02:30 larda Kogon tuman “Tutikunda” MFY "Tutkunda” qishlog`ida yashovchi, 1990-yilda tug`ilgan J.J Buxoro tumani “Rabotipoyon” MFY “Urganjiyon” qishlog`ida yashovchi, 2000-yilda tug`ilgan I.A bilan o`zaro kelisha olishmay qoladi.

O`zaro kelishmovchilik oqibatida ular janjallashib qoladi,.

Natijada J.J fuqaro A.Ini bosh va yuz sohalariga qo`li bilan qasddan urib, badaniga og`ir shikast etkazgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Jabrlanuvchi A.I olgan tan jarohatlari natijasida RSHTYOIM Buxoro filiali jonlantirish bo`limida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan J.Jga nisbatan O`zbekiston Resbublikasi jinocht kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar