AsosiyJamiyat

Bolasi xususiy bog`chaga boradigan ota-onalarga alohida imtiyoz beriladi

'Bolasi xususiy bog`chaga boradigan ota-onalarga alohida imtiyoz beriladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. O`zbekistonning kelgusi 5 yil taqdiri aks etgan hujjatda qator tashabbuslar aks etgan. 

Dasturga ko`ra, ta`lim sifatini oshirish hamda aholi salomatligini ta`minlash doirasida 2022 yilda:

  • 1 apreldan nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarga (Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridan tashqari) farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so`mgacha bo`lgan to`lovlari daromad solig`idan ozod etiladi;
  • darsliklarni yangilash uchun 605 mlrd so`m ajratiladi;
  • 141 mingta yangi o`quv o`rinlari yaratilib ularning soni 2026 yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha etkaziladi;

    Boshqa yangiliklar