2022 yil 30-yanvar kuni soat 1:40 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida joylashgan, “Umakay” muntazam YPX maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan, Koson tumanida yashovchi, fuqaro H.O`. boshqaruvidagi “Koobalt” avtomashinasi to`xtatiladi. Mashina yukxonasida qoplarga joylashtirilgan, hech qanday hujjatlarsiz, sanitariya-gigiena talablariga zid, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan taxminan 230 kg go`sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Mazkur go`sht mahsulotlari belgilangan tartibda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan.






