Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. O`zbekistonning kelgusi 5 yil taqdiri aks etgan hujjatda qator tashabbuslar aks etgan.
Unga ko`ra, Sog`liqni saqlash sohasida ham aholi uchun bir qancha engilliklar yaratilmoqda.
Masalan:
- 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi;
- xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifagadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko`rsatish mexanizmi joriy qilinadi.
- 2022 yil 1 iyuldan “oilaviy shifokor” yo`nalishi bo`yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.






