SSV Matbuot kotibi Taraqqiyot strategiyasida belgilangan onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir quyidagi ustuvor vazifalarni sanab o`tdi:
Unga ko`ra,
- 46 ta tumanlararo perinatal markaz tashkil etiladi;
- ushbu muassasalar kadrlar, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
O`tgan yili boshlangan amaliyot davom ettirilib, 15 yoshgacha bo`lgan bolalar va homiladorlar 7 turdagi vitaminlar kompleksi bilan bepul ta`minlanadi.
Jumladan,
- 10 yoshgacha bolalar ichak parazitlariga qarshi preparatlar;
- 2 yoshgacha bolalar vitaminlarga boy qo`shimchalar,
- 15 yoshgacha bolalar, homilador va emizikli ayollar yod preparati bilan ta`minlanadi.
- 2 yoshgacha bo`lgan bolalar infeksion kasalliklarga qarshi 13 turdagi vaksinalar bilan emlanadi.






