Intellektual mulk agentligining Intellektual mulk himoyasi markazlari tomonidan dorixonalarda o`tkazilgan o`rganish ishlari natijasida kontrafakt dori vositalari aniqlandi.
Shu munosabat bilan Adliya vazirligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.
"Iste`molchilarni dori vositalarini xarid qilishda ogoh bo`lishni so`rab qolamiz.
Xaridor kontrafakt dorini asl mahsulot bilan adashtirib sotib olishi oqibatida kutilgan natijaga ega bo`lmasligi mumkin.
Unutmang, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik kodeksiga binoan o`zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan",–deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida. .






