AsosiyJamiyat

"Farzandiga buni ravo ko`rgan bu ayol o`zidan ham voz kechib bo`lgan, aslida"

'"Farzandiga buni ravo ko`rgan bu ayol o`zidan ham voz kechib bo`lgan, aslida"'ning rasmi

Alisher Qodirov 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlagan ayolni lanatlayotganlarga qarshi chiqdi.

"Bugun hamma farzandini ayiq oldiga tashlash darajasiga etib borgan ayolni la`natlamoqda.  Buni qo`llab quvvatlamayman!

Ayol zaifadir. Zaifalik inqirozda yaqqol bilinadi. Shirin farzandiga buni ravo ko`rish uchun ayol o`zidan ham voz kechib bo`lgan, aslida",-deydi Qodirov.

Shuningdek, u qonunchilikda otaning farzandiga mutlaq javobgarligini belgilab qo`yish zarurligini ta`kidladi.

"Ayollar huquqini himoya qilishda ilg`orlar bu ayolni oldida bo`lishi kerak.  

Holatning asosiy sababchisi - Rossiyadagi ota ham javobgar bo`lishi lozim.  Ko`p hollarda ayollarning xor bo`lishi zaif erkaklardandir",-deydi u.

    Boshqa yangiliklar