Amerika Qo`shma Shtatlarining sharqiy qirg`og`ida yashovchi o`n minglab odamlar qor bo`roni tufayli elektr ta`minotidan mahrum bo`ldi. Bu haqda NBC News telekanali.
Qayd etilishicha, mahalliy aholi qor bo`ronlarini so`nggi to`rt yildagi eng kuchlisi deb atamoqda.
Massachusets shtatida 96 mingdan ortiq odam chiroqsiz qolgan. Boshqa hududlarda ham elektr ta`minoti to`xtashi kutilmoqda.
Kuchli qor tufayli ko`plab avia reyslar bekor qilingan. Xususan, Nyu-Yorkning ikkala aeroporti shanba kuni qor yog`ishi tufayli deyarli to`xtatilgan. Endilikda havo qatnovini bosqichma-bosqich tiklash niyatida.






