Zangiota tumanining ayrim mahallalari 31 yanvar soat 9:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta`minotidan uzib turiladi.
Xususan, "Xonobod" hududidagi "Qumariq", "Jaloyir", "Fayzli", "Qorasuv", "Taraqqiyot", "Xonobod tepa", "Xonobod", "Istiqlol", "Nurafshon", "Nomdanak" MFY laridagi jami 6354 ta aholi xonadonlarida va 125 ta ulgurji iste`molchilari hamda 15 ta ijtimoiy soha ob`ektlarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Bu haqda "Hududgaz Toshkent" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Hududgaz Poytaxt" GTF tomonidan 2022 yil 31 yanvar kuni D-720 mm gaz tarmog`ida olovli ishlar olib boriladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
"Etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raymiz"-deyiladi xabarda.






