AsosiySport

O`zbek dzyudochisi Portugaliya Gran-Prisida oltin medalni qo`lga kiritdi

'O`zbek dzyudochisi Portugaliya Gran-Prisida oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekistonlik dzyudochi Murodjon Yo`ldoshev Almada shahrida bo`lib o`tayotgan Portugaliya Gran-Prisida oltin medalni qo`lga kiritdi.

Final uchrashuvida Murodjon ispaniyalik  Kases Rokani mag`lubiyatga uchratdi.

Bu haqda Euronews xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu 26 yoshli Yo`ldoshev uchun Gran-pri turniridagi ilk oltin medaldir.

Uni g`olibga Portugaliya Olimpiya qo`mitasi raisi Xose Manuel Konstantino topshirgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar