Kecha ijtimoiy tarmoqlarda O`zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo`janing o`z talabalariga yuborgan ovozli xabari tarqaldi. Xabarda Press-klub raisi talabalaridan o`zining Facebook sahifasidagi "post"larida "layk" va "komment" yozishi kerakligini talab qilingan. Bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo`lgandan so`ng universitet rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Ovozli xabar universitet jamoasi va talabalari o`rtasida universitetga tegishli mavzularda fikr almashish, turli masalalarni muhokama etish maqsadida, rektorning shaxsiy taklifi bilan ochilgan “Talaba murojaati” Telegram guruhidan olingan.
Muhimi shundaki, bu xabar rektor va talabalar o`rtasidagi turli mavzular bo`yicha bo`lgan bir necha soatlik katta suhbat kontekstidan yulib olingan. Pandemiya sababli onlayn ta`limga o`tilganidan so`ng rektor deyarli har kuni talabalarga motivasiya berish va ularni bo`sh o`tirmaslikka, o`z ustlarida ishlashga undash maqsadida turli suhbatlar uyushtirib, o`z maslahatlarini berib borgan.
Jurnalist hamkasblarimiz va blogerlardan obektiv bo`lishni va mavzu maqsadini burib yuborgan holda jamoat fikrini to`g`ri bo`lmagan ma`lumotga qaratmasliklarini so`ragan bo`lardik",–deyiladi rasmiy bayonotda.






