Hududlarda tibbiy xizmat ko`rsatish barcha yo`nalishlar bo`yicha bir joyga mujassamlashtirilishi — ilg`or va samarali amaliyot. Yangi O`zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida bu borada ham tegishli vazifalar mavjud.
Xususan:
- Namangan, Farg`ona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlari tashkil etiladi;
- Qashqadaryoda bolalar shifoxonasi, tug`ruq kompleksi, skrining markazi, reproduktiv salomatlik markazi joylashgan mujassam bir kompleks “Ona va bola” klasteri barpo etiladi.
️Ushbu klaster bola tug`ilishidan boshlab, to 18 yoshga to`lgunga qadar bir joyda kompleks tibbiy xizmat olish imkoni yaratiladi.
Chirchiq, Yangiyo`l, Olmaliq, Nurafshon shaharlarida hamda Shayhontahur tumanida poliklinika va stasionar muassasalarni birlashtirgan holda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishda qulayliklar yaratiladi.






