Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo`lgan bokschilar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tarixda ilk marotaba o`tkazilgan musobaqada o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi.
Shu tariqa, musobaqada erkak bokschilarimiz 12 ta oltin va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.






