Britaniyaning The Times gazetasi O`zbekistonni may oyida tashrif buyurish uchun eng yaxshi davlatlar ro`yxatiga kiritdi. Qayd etilishicha, iliq va quruq ob-havoli may oyi issiq yozdan farqli ravishda mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.
Bu paytga kelib poytaxtning Chorsu bozori bahoriy mahsulotlar – ko`k o`rik (dovcha), olma, qulupnayga to`ladi.
The Times shuningdek, tarixiy muhit va Shoxi Zinda majmuasiga ega Samarqand hamda Ark qal`asi joylashgan Buxoroni ziyorat qilishni tavsiya qildi.






