Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoshi, taxminan, 30-35 larda bo`lgan ayol kishi murdasi topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni soat taxminan 21:30 larda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, «Gulobod» mahallasidan Parkent tumani, Qiziltog` qo`rg`oniga olib boruvchi yo`lda qizil rangli chamadon ichidan yoshi taxminan 30-35 larda bo`lgan, osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan 27 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.






