AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways bugunning barcha reyslari uchun chiptalarga 30% chegirma e`lon qildi  

'Uzbekistan Airways bugunning barcha reyslari uchun chiptalarga 30% chegirma e`lon qildi   'ning rasmi

Uzbekistan Airways tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan aksiya e`lon qildi.

Unga ko`ra, faqat 28 yanvar kuni Uzbekistan Airways'ning barcha reyslari aviachiptalariga 30% chegirma bilan amal qiladi.

Aksiya qoida va shartlari:

•  30% chegirmali aviachiptani 2022 yilning 28 yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (mahalliy vaqt) gacha xarid qilish ;

•  Aviachiptani www.uzairways.com rasmiy saytida,  Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning O`zbekistonda Respublikasidagi agentlaridan xarid qilish;

•  Aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);

•  Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi;

•  Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qo`llash taqiqlanadi;

•  Chegirma Code Share  reyslarida va savdo bitimlari doirasida e`lon qilingan tariflar uchun qo`llanilmaydi.

    Boshqa yangiliklar