"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard tez orada APLda ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatmoqda.
43 yoshli mutaxassis "Everton" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. "Irislar" Rafa Benitesdan keyin uning o`rniga bir nechta mutaxassislarning nomzodlarini o`rganib chiqmoqda. Ular qatorida Lempard nomi ham qayd etilgan.
Tomonlar tez orada o`zaro uchrashuvib olishi va muzokara o`tkazishi mumkin.






