Iste`molchi huquqlarini himoya qilish agentligi ishonch telefoniga kelib tushgan shikoyatlar haqida ma`lum qildi.
Kecha, 26 yanvar kuni Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining murojaatlarni qabul qiluvchi 1159 ishonch raqamiga ko`plab shikoyatlar kelib tushgan.
Jumladan, ertalab soat 09:00 dan soat 12:00ga qadar respublikamizning barcha hududlaridan 100dan ortiq murojaatlar qayd etilgan.
Murojaatlarning aksariyatida kecha mamlakatimizda elektr energiyasi, gaz ta`minoti va ichimlik suvi ta`minotida yuzaga kelgan uzilishlar hamda uning oqibati bilan bog`liq holatlar bildirilgan.
"O`z navbatida, Agentlik tomonidan har bir murojaat qat`iy nazoratga olingan va e`tiborda",-deyiladi agentlik xabarida.






