AsosiySport

Afrika kubogi. Misr penaltilar seriyasida Kot-d'Ivuar ustidan g`alaba qozonib, chorak finalga yo`l oldi

'Afrika kubogi. Misr penaltilar seriyasida Kot-d'Ivuar ustidan g`alaba qozonib, chorak finalga yo`l oldi'ning rasmi

Afrika Kubogida 1/8 finaldan o`rin olgan markaziy bahs bo`lib o`tdi.

Unda Kot-d'Ivuar va Misr terma jamoalari o`zaro kurash olib borishdi. Asosiy va qo`shimcha bo`limlarda darvozalarga to`p kiritilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad Misrga kulib boqdi, - 4:5. 

Misr terma jamoasidagi hal qiluvchi penaltini Muhammad Saloh aniq bajardi. 

Avvalroq 1/4 final bosqichiga Marokash, Senegal va Kamerun terma jamoalari ham yo`l olishgan edi. 

Afrika Kubogi. 1/8 final
Kot-d'Ivuar — Misr 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:5.

Boshqa yangiliklar