AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2021 yilda Xitoyga qancha mosh eksport qilgani ma`lum qilindi

'O`zbekiston 2021 yilda Xitoyga qancha mosh eksport qilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbek moshining Xitoyga eksport qilish hajmi to`rt barobarga oshdi. 2019 yilda 28 ming tonna mosh  eksport qilingan bo`lsa, bu 2020 yilda  75 ming tonna, 2021 yilda esa 112 ming tonnani tashkil etdi - qariyb 100 million dollar miqdorida mahsulot eksport qilindi.

Unga ko`ra, ushbu mahsulotni Xitoyga olib kirishning umumiy hajmlarida O`zbekistonning ulushi 37% gacha o`sdi. Natijada O`zbekiston Xitoydagi mosh ta`minotchilari orasida etakchi o`rinni egalladi.

O`zbekiston Xitoyga quritilgan uzum etkazib berish bo`yicha ham etakchi o`rinni egallab, ushbu mahsulotlar umumiy importi hajmining 55% bozor ulushi bilan ajralib turibdi.

Boshqa yangiliklar