AsosiyJamiyat

Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha Respublika komissiyasi tuziladi

'Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha Respublika komissiyasi tuziladi'ning rasmi

Prezident Matbuot kotibining xabar berishicha, ayni paytda prezident raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda davlat rahbari Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo`yicha Davlat dasturi ijrosini tashkil etish bo`yicha ham qator topshiriqlar berdi.

"Bir narsani aniq tushunish lozim. Dasturda ko`zda tutilgan barcha chora-tadbirlar xalqimiz tomonidan katta ishonch bilan qizg`in qabul qilindi.  

Ularning amaldagi ijrosini aholimizning barcha qatlamlari –  o`rta sinf vakillari va tadbirkorlar, ziyolilar, byudjet sohasi xodimlari, harbiy xizmatchilar, faxriylarimiz, kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar – barcha-barchasi o`z kundalik hayotida sezishlari kerak" dedi davlat rahbari.

Jumladan, Qoraqalpog`iston va Xorazmda 1-4-sinf o`quvchilarini bepul nonushta yoki tushlik bilan ta`minlash, respublikadagi ichki yo`llar masalasi, irrigasiya-meliorasiya tadbirlariga doir vazifalar ko`rsatib o`tildi.

Respublika komissiyasi dasturdagi tadbirlar to`liq, o`z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish bo`yicha har oyda vazirlik, idora va hudud rahbarlarining hisobotini eshitib, ularning faoliyatiga tanqidiy baho berib boradi, har chorakda amalga oshirilgan ishlar natijasi, bu borada rahbarlarning javobgarligi bo`yicha Prezidentga axborot berib boradi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi kotibiyat va departamentlari rahbarlari boshchiligida 7 ta yo`nalishda doimiy ishlovchi shtablar tuzilib, vazirlik, idora va hududlar bilan topshiriqlarning kunlik ijrosini tashkillashtiradi.

    Boshqa yangiliklar