AsosiyJamiyat

1,2 million o`quvchi o`rni, 80 foiz bog`chaga qamrov va 100 ming o`rinli talabalar yotoqxonasi... Mas`ullarga ta`limni rivojlantirish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi

'1,2 million o`quvchi o`rni, 80 foiz bog`chaga qamrov va 100 ming o`rinli talabalar yotoqxonasi... Mas`ullarga ta`limni  rivojlantirish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi'ning rasmi

Davom etayotgan davlat rag`barining yig`ilishida, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo`nalishida strategiyada belgilangan vazifalar haqida gapirildi. 

Davlat rahbari tegishli vazirliklarga quyidagi vazifalarni topshirdi:

- maktab ta`limi sifatini oshirish, kelgusi besh yilda maktablarda qo`shimcha 1,2 million o`quvchi o`rni yaratish hamda darsliklarni yangilash;

- barcha hududlarda maktabgacha ta`limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga etkazish;

- kamida 10 ta oliygohning nufuzli xalqaro reytinglarga kirishini ta`minlash;

- xususiy sheriklik asosida 100 ming o`rinli talabalar  

turar joylarini barpo etish;

- byudjetdan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratiladigan mablag`larni 3 baravarga oshirish;

- birlamchi tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli tibbiyotni keng joriy qilish.

    Boshqa yangiliklar