Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o`quvchisiga berilgan noutbuk qaytarib olingani haqidagi videomurojaat tarqalgan edi.
Videomurojaatdan so`ng viloyat Xalq ta`limi bo`limi noutbukni ta`tildan so`ng barcha o`quvchilar orasida tantanali ravishda topshirish maqsadida olinganligini aytdi.
Viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan o`tkazilgan o`rganish ishlari natijasini ma`lum qilib, maktab direktori va o`quvchining sinf rahbariga chora ko`rilganini bildirdi.
Ta`kidlanishicha, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan Norin tuman xalq ta`limi bo`limi hamda 1-sonli maktab faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, maktab direktori Nozimjon Xusanov, o`quvchining sinf rahbari Sanobar Xojimurodova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
"Yuqoridagi holat bo`yicha kamchiliklarga yo`l qo`ygani sabab Norin tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri Javlonbek Nurmuxammadovdan tushuntirish xati olinib, tegishli intizomiy jazo chorasi qo`llash bo`yicha xalq ta`limi vaziriga xat kiritildi", — deyiladi xabarda.






