AsosiyJamiyat

Qibrayda 4 nafar egizak dunyoga keldi

'Qibrayda 4 nafar egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Kecha, 25 yanvar kuni Qibray tumani "Birlik" mahallasida yashovchi Toirovlar oilasi  uchun quvonchli kun bo`ldi. Ularning oilasida 2 o`g`il va 2 qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qibray tuman hokimligi egizaklarning ota-onasi Toirov Javohir va Toirova Malikalarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabrikladi.

Egizaklarning ahvoli hozir qoniqarli ahvolda. Ona va bolalar salomatligi qat`iy nazoratga olingan.

(Izoh: surat internetdan olingan)

    Boshqa yangiliklar