AsosiyDunyo

Antaliyada xalqaro velotur bo`lib o`tadi

'Antaliyada xalqaro velotur bo`lib o`tadi'ning rasmi

10-13 fevral kunlari Turkiyaning "turizm markazi" Antaliyada Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqining 2.1 toifasiga kiritilgan "Tour of Antalya" veloturi o`tkaziladi.

“Avropa.info”ning xabar berishicha, tadbirni o`tkazishdan maqsad turizmni rivojlantirishni rag`batlantirish va iqlimni o`zgartirishdir.

Velotur Yoshlar va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Antaliya gubernatori, Turkiya Velosiped sporti federasiyasi  va kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan. 

Poygalar Side - Antaliya, Kamar - Antaliya, Aspendos - Termessos va Antaliya - Antaliya yo`nalishlarida to`rtta joyda o`tkaziladi.

Antaliya gubernatori Ersin Yazıcı yig`ilishda tadbirni tashkil etish bo`yicha ma`lumot berdi. Uning so`zlariga ko`ra, Antaliyada turizm faolligi davom etmoqda. Qubernator Antaliyada velosiped turlarini yo`lga qo`yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

 

    Boshqa yangiliklar