AsosiyJamiyat

IIV aholidan sarosimaga tushmaslikni so`ramoqda

'IIV aholidan sarosimaga tushmaslikni so`ramoqda'ning rasmi

IIV jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi.

"Mamlakatimizning ayrim hududlarida elektr ta`minotining tiklanguniga qadar Ichki ishlar vazirligining barcha xizmatlari, shu jumladan Yo`l xarakati xavfsizligi tizimi jamoat tartibini saqlashga, yo`llarda tartibni ta`minlashga jalb etilganligini, fuqarolarning va ularning mulklarini xavfsizligi to`liq ta`minlanishi nazoratga olinganligini ma`lum qilamiz.

102 tizimi odatiy rejimda ishlamoqda.

Fuqarolardan noodatiy vaziyatdan sarosimaga tushmasliklarini hamda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda ichki ishlar organlari va maxsus xizmatlarning yordamiga tayanishlarini so`raymiz.

Ko`cha va yo`llarda ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishingizni, yo`l harakati qoidalariga so`zsiz rioya qilishingizni, maxsus trasport vositalariga yo`l berishingizni, imkon tariqasida avtotrasport vositalaridan foydalanmasligingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar