Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federasiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko`ra jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingini e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston Professional futbol ligasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra, O`zbekiston Coca-Cola Superligasi jadvalda 66-o`rinni egalladi (309,5 ochko). Bu Osiyo miqyosidagi 5-ko`rsatkich hisoblanadi. Qit`ada faqat Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Saudiya Arabistoni chempionatlari O`zbekiston Superligasidan yuqorida joylashgan.
Umumiy reytingda AQSh, BAA, Qatar va Belarus ligasi O`zbekiston chempionatidan pastroqda qayd qilingan.
Eslatib o`tamiz, 2020 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda Coca-Cola Superligasi jahonda 48, Osiyoda 5-o`rinda bo`lgan edi.






