AsosiyJamiyat

Bag`dod tumani hokimi Farg`ona shahriga hokim bo`lib o`tdi

'Bag`dod tumani hokimi Farg`ona shahriga hokim bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun, 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Farg`ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati. 

Sessiyada so`z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Mirzohid Ubaydullaev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining o`rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangani, sobiq shahar hokimi faoliyati samarali bo`lganligi, unga katta ishonch bildirilganligini aytib o`tdi.

Viloyat hokimi, Nazarov Vosiljon Shuxratovich nomzodini Farg`ona shahar hokimi lavozimiga tavsiya qildi. "Tashabbuskor, izlanuvchan rahbar, befarq emas, harakatchan, fidoyi, yosh kadrlar biri", - dedi Xayrullo Bozorov.

Tavsiya etilgan nomzod shahar kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo`llab-quvvatlandi.

Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tug`ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan,  2019-2021yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig`i, 2021 yildan Bag`dod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Bag`dod tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar