AsosiyJamiyat

Sardoba tumanida esgan kuchli shamol ikki qavatli uyning tomini uchirib ketdi

'Sardoba tumanida esgan kuchli shamol ikki qavatli uyning tomini uchirib ketdi'ning rasmi

Kuchli shamol Sardoba tumanidagi ikki qavatli uy-joyning tom qismini uchirib yubordi Bu haqda Sardoba tumani hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

"Joriy yilning 19 yanvar kuni kuchli shamol natijasida "Qo`rg`ontepa" mahallasidagi ikki qavatli uy-joyning tom qismiga talofat etgan. 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q. Voqea joyiga tuman hokimi Abduazim Xidirov boshchiligida tegishli tashkilot xodimlari kelib, yuzaga kelgan talofat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar