Italiya parlamenti bugun, 24 yanvar kuni respublika prezidentini saylashni boshlaydi. Bu haqda Euronews ma`lum qilmoqda.
Mamlakat Qonunchiligiga ko`ra, har ikkala palata a`zolari ham, hududlar vakillari ham bir qator ovoz berishadi– mingdan ortiq saylovchi.
Ovozlar to`plangandan so`ng, davlat rahbari bo`lishga munosib shaxsning ismi ma`lum bo`ladi.
Italiyada tartib bo`yicha eng uzun prezidentlik saylovi 16 turdan iborat.
Bu safar vaziyat sanitariya inqirozi bilan murakkablashgani aytiladi.
Pandemiya sharoitida avvalgi tor kabinalardan voz kechilgab, masofani saqlash va dezinfeksiya qilish qoidalari joriy qilingan.
Amaldagi bosh vazir Mario Dragi va sobiq hukumat rahbari Silvio Berluskoni prezidentlik poygasining favoritlari sifatida qayd etilgan. Biroq Berluskoni bergan bayonotida pandemiyaga qarshi kurashda mamlakatning siyosiy birligini saqlab qolish uchun nomzod bo`lishdan bosh tortganini ma`lum qilgan.






