AsosiySport

Boks: Abdulmurodov g`alaba qozondi, Tog`aymurodov esa imkonni boy berib qo`ydi

'Boks: Abdulmurodov g`alaba qozondi, Tog`aymurodov esa imkonni boy berib qo`ydi'ning rasmi

Boks bo`yicha Toshkentda o`tayotgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bellashuvlari kecha o`z yakuniga etdi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasining ma`lum qilishicha, unda ikki nafar o`zbekistonlik ringga ko`tarildi.

Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga hech qanday imkoniyat qoldirmay, g`alabaga erishgan. Biroq -91 kg og`irlikda ringga ko`tarilgan Javohir Tog`aymurodov imkoniyatni boy berib qo`ygani aytiladi. Ma`lumotga ko`ra, bellashuvda tojikistonlik Davlat Boltaev ustunlik qilgan.

    Boshqa yangiliklar