23 yanvar kuni AQShning Anaxaym shahrida (Kaliforniya shtati) bo`lib o`tgan UFC 270 ishtirokchilarining kafolatlangan gonararlari miqdori ma`lum qilindi.
Mazkur turning asosiy jangida og`ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu hakamlar qarori bilan fransiyalik Sirill Gann ustidan g`alaba qozondi. Kamerunlik "yirtqich" jang uchun 600 ming dollar kafolatlangan pul mukofotini olgan bo`lsa, raqibi Gann esa 500 ming dollarga ega bo`ldi.
Quyida ishtirokchilarning qancha ishlab olgani bo`yicha ro`yxat bilan tanishingiz mumkin.
Frensis Ngunnu - 600 ming dollar
Siril Gann - 500 ming dollar
Brendon Moreno - 200 ming dollar
Deyvison Figeyredo - 200 ming dollar
Mishel Perreyra - 100 ming dollar
Said Nurmagomedov - 75 ming dollar
Kodi Stemann - 65 ming dollar






