AsosiyJamiyat

Chortoqda "Nexia" pastlikka tushib ketdi

'Chortoqda "Nexia" pastlikka tushib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Chortoq tumanida "Nexia" avtomobili pastlikka tushib ketganligi bo`yicha ma`lumot YHXBB quyidagi ma`lumotlarni berdi. 

21 yanvar kuni soat 18:00 larda, Namangan viloyati, Chortoq tumani hududidan o`tuvchi 4P-117B avtomobil yo`lining 1-kilometrida haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan S.T. "Nexia" rusumli avtomobilini boshqarayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, ehtiyotsizligi oqibatida pastlikka tushib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar