AsosiyJamiyat

Koronavirusga qarshi emlanish bo`yicha Samarqandda rekord ko`rsatkich qayd etildi

'Koronavirusga qarshi emlanish bo`yicha Samarqandda rekord ko`rsatkich qayd etildi'ning rasmi

Samarqand viloyatida koronavirusga qarshi qo`llangan vaksinalar miqdori 5 million dozadan oshdi. Bu — hududlar orasidagi rekord ko`rsatkich, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, 21 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 116 573 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 23 400  nafarni,
2-bosqich emlanganlar 42 091  nafarni,
3-bosqich emlanganlar 51 082  nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 41 258 650 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 19 157 451  nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 14 334 884 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 7 766 315  nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
Samarqand viloyati (19 109 doza),
Toshkent shahri (18 224 doza),
Farg`ona viloyati (11 691 doza) qildi.

Birinchi doza bilan emlash ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 89,3 foizni, to`liq bosqichlarda emlanish ko`rsatchiki esa 67,1 foizni tashkil qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar