AsosiyJamiyat

YHXBB internetda videosi tarqalgan samarqanlik "shovvoz" yuzasidan munosabat bildirildi

'YHXBB internetda videosi tarqalgan samarqanlik "shovvoz" yuzasidan munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Lacetti" rusumli, avtomobil haydovchisi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo`ldi.

Video yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi.

Qoidalarni qo`pol tarzda chetlab o`tgan "Lacetti" rusumli, 30M114HA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi K.R.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128⁵-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar